Iqtisod

Prezident Qoraqalpogʻiston uchun alohida iqtisodiy imtiyozlarni eʼlon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Karakalpakstan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Karakalpakstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Alohida iqtisodiy imtiyozlar toʻrt guruhga boʻlingan: tadbirkorlik, sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda infratuzilma loyihalarini qoʻllab-quvvatlash.
TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida ushbu hudud uchun belgilangan alohida imtiyozlar haqida eʼlon qildi.
Iqtisodiy imtiyozlar quyidagi toʻrt guruhga boʻlingan: tadbirkorlikni, sanoatni, qishloq xoʻjaligini ham infratuzilma loyihalarini rivojlantirish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:

Qoraqalpogʻiston uchun foyda soligʻini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
mol-mulk va yer soligʻi stavkalarini 2 baravarga kamaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard soʻmga qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm ajratiladi.

Sanoat loyihalarini koʻpaytirish maqsadida:

investorlarga koʻmak markazini tashkil etish, unda tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit vakompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga koʻmaklashish boʻyicha bepul xizmatlar koʻrsatish;
investorlarga koʻmak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yermaydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;
Kegeyli va Xoʻjayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
Qoraqalpogʻiston tadbirkorlariga besh yil muddatga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni, mamlakatimiz boʻylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Infratuzilmani rivojlantirish maqsadida:

“Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining Toʻrtkoʻl, Beruniy vaEllikqalʼa tumanlaridan oʻtgan qismini rekonstruktsiya qilishga 160 million dollar jalb etish;
taʼmirtalab boʻlgan 1 ming 500 kilometr suv tarmoqlari, 150 dan ziyod quduq, nasos vasuv stantsiyalarini taʼmirlash;
Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari markazlarida oqova suv tarmoqlarini qurish;
128 ta transformator, 7,5 mingta simyogʻoch ustunlarini almashtirish;
Qoraqalpogʻistonning har bir shahri va tumanida Ichki yoʻllarni taʼmirlash uchastkalari tashkil etish, ularga yetarli shtat, zarur mablagʻ va texnikalar ajratish;
ikki oy muddatda Qoraqalpogʻistonda xalqaro va ichki avtomobil yoʻllarini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida:

yil yakuniga qadar 6 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va gʻalla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yoʻlga qoʻyish;
ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard soʻm va dehqonlarga 50 milliard soʻm ajratish;
suv taʼminotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burgʻilash va ishga tushirish uchun 15 million soʻmgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy koʻmak boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shavkat Mirziyoyeving Qoraqalpogʻistonga tashrifi davom etmoqda. Prezident Joʻqorgʻi Kenges sessiyasidan soʻng Nukus shahri Amudaryo mahallasida nuroniylar va mahalla faollari bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0