O‘zbekiston avtobusi Qozog‘istonda YTHga uchradi

© Policia.kzGrajdane Uzbekistana postradali v DTP v Kazaxstane
Grajdane Uzbekistana postradali v DTP v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2022
Obuna bo‘lish
Hodisa natijasida 12 ga yaqin yo‘lovchi tan jarohati olib yaqin oradagi shifoxonaga yotqizilgan, qurbonlar yo‘q,.
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Qozog‘istonningTurkiston viloyatida O‘zbekiston avtobusi YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston nashri.

27 avgust kuni ertalab soat taxminan 07:18 da Tulkubas tuman IIB navbatchi bo‘linmasi yo‘l-transport hodisasi haqida xabar oldi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimi Shakpak qishlog‘i yaqinidagi 601 km chorrahada avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus yo‘l chetiga chiqib ketgani aniqladi.

Tekshiruv chog‘ida avtobus O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yo‘l olgani va ichida O‘zbekiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa natijasida 12 ga yaqin yo‘lovchi tan jarohati olib yaqin oradagi shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar yo‘q, - deyilgan xabarda.
Hozirda ushbu fakt yuzasida Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Tulkubas tuman IIB tergovchilari voqea joyida ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0