Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Diabetga chalingan bolalar qanday muolaja qilinadi?

© Depositphotos.com / KruchenkovaChelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi
Chelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor hozir zamonaviy tibbiyotda qandli diabetning 1-turi maolajasida insulin pompa terapiyasi yaxshi samara berayotganini ma’lum qildi.
Bolalar endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimova diabetga chalingan bolalar qanday muolaja qilishini borasida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozir zamonaviy tibbiyotda qandli diabetning 1-turi maolajasida insulin pompa terapiyasi yaxshi samara bermoqda.
Bu davo turi yuqori texnologik jarayon asosida organizmga insulin garmonining bir meyorda berib turilishi va qand ko‘rsatgichlari nazoratda bo‘linishini ta’minlaydi.
Diabetning 1-turidan butunlay tuzalish imkonsiz bo‘lsa-da, lekin ba’zi hollarda bez faoliyatini meyorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi.
Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi. Bu modda oshqozon-ichak traktida parchalanib ketishi bois, u faqat ineksiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi.
“Qat’iy parhezga amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar va mevali sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash kerak. Diabetning bir hamda ikkinchi turi chidamli shakllarini butunlay davolashning imkoni yo‘q”, - deydi Azimova.
Lekin doimiy nazorat ostida bo‘lgan va shifokor tavsiyalariga amal qilgan holda kasallik asoratlarining oldini olish yoki butunlay cheklash mumkin.
Kasallik uzoq davom etganda, barcha a’zolarda o‘ziga xos o‘zgarishlar yuzaga keladi: yurak va qon tomirlari, ko‘z, buyrak, asab tizimidagi o‘zgarishlar, infeksion asoratlar, jarohatlarning qiyin bitishi shular sirasidandir.
Bu asoratlarga qarshi o‘zboshimchalik bilan davo choralari izlamasdan, albatta, shifokor tavsiyalariga amal qilish shart, deya xulosa qildi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0