AQSh qo‘shinlari ketganidan keyin Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat yomonlashdi - BMT

© AP Photo / Hussein MallaAfganskie malchiki smotrat cherez zabor na razdachu gumanitarnoy pomoshi nujdayushimsya semyam v Kabule
Afganskie malchiki smotrat cherez zabor na razdachu gumanitarnoy pomoshi nujdayushimsya semyam v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna bo‘lish
Alakbarov: Afg‘onistonda iqtisodiy faollik, bazaviy iqtisodiyotning yo‘qligi gumanitar sohaga yukning ortishiga olib keladi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Afg‘onistonda AQSh va ittifoqchilar qo‘shinlari chiqib ketganidan keyin iqtisodiy vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Bu haqda BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Afg‘onistondagi hokimiyat almashishi mamlakatdagi og‘ir gumanitar vaziyatga qandaydir ta’sir ko‘rsatdimi, degan savolga javob berar ekan, Alakbarov “O‘tgan bir yil ichida bizda, birinchi navbatda, iqtisodiy tanazzul kuzatildi”, dedi.
“Hamma narsa uzilib qoldi. Shu munosabat bilan tanazzul kuzatilmoqda”, deya ta’kidladi koordinator.
Alakbarov ta’kidlaganidek, iqtisodiy faollik, bazaviy iqtisodiyotning yo‘qligi gumanitar sohaga yukning ortishiga olib keladi.
“Avvalgi davlat budjeti 13,5 milliard dollar edi. Tuzilishi bizga ma’lum bo‘lmagan joriy davlat budjeti xarajatlar qismi 3 milliardni tashkil etadi. Biz esa ular nimaga sarflanishini bilmaymiz”, dedi u.
Koordinatorning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, Afg‘onistondagi xalqaro ishtirok bir yil oldingiga nisbatan sezilarli darajada kamaydi.
“Xorijiy yordam hajmi ancha kam. Albatta, bu omillarning barchasi tufayli vaziyat o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada yomonlashdi. Yagona narsa shundaki, ochiq to‘qnashuv yo‘q, harbiy faollik avvalgidek katta. Iqtisodiy nuqtayi nazardan esa vaziyat butunlay boshqacha”, deydi Alakbarov.
2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* Afg‘oniston hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirdi va 15-avgustda toliblar Kobulga kirib keldi. Ertasi kuni ular urush tugaganini e’lon qilishdi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0