ArMI-2022: O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Bu yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarida ham O‘zbekiston harbiylari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
13 -27 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro armiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yinlarda 37 mamlakatdan 275 ta harbiylar jamoasi ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik harbiylar ham musobaqalarda munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi.
O‘zbekiston jamoalari bu yilgi o‘yinlarning 21 ta yo‘nalishida ishtirok etishdi va yettita oltin, o‘nta kumush va beshta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Bundan tashqari, 22 ta shaxsiy va jamoaviy rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.
Rossiya ArMI-2022 da birinchi o‘rinni egalladi, kuchli uchlikka Belarus jamoasi yakun yasadi.
Qayd etish joizki, o‘tgan yili ham o‘zbekistonlik harbiylar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0