Jamiyat

Fuqarolar 90 ga yaqin madaniy boyliklarni davlat muzeylariga topshirishdi

© Akademiya Xudojestv UzbekistanaMuzey miniatyurы Vostoka popolnilsya novoy kollektsiyey
Muzey miniatyurы Vostoka popolnilsya novoy kollektsiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Milliy merosga mening hissam!" aktsiyasi doirasida fuqarolardan tarixiy-madaniy ashyolar qabul qilib olinmoqda.
TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Fuqarolar oʻzlarida boʻlgan madaniy boyliklarning 90 ga yaqinini davlat muzeylariga topshirishdi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolardan qabul qilib olingan ashyolar "Milliy merosga mening hissam!" aktsiyasi doirasida amalga oshirildi.
“Tashabbus aholi tomonidan iliq kutib olindi va 1 avgustdan to shu kungacha olib kelingan ashyolarga 25 ta qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, aktsiya doirasida fuqarolarda boʻlgan madaniy boyliklarni begʻaraz maqsadda topshirish ishlari Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyida ham tashkil etildi. Muzeyga 1 iyulidan shu kunga qadar jami 63 ta asar qabul qilib olingan.
Maʼlumot uchun, prezidentining PQ-261 sonli qaroriga koʻra, 1 iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni ragʻbatlantirish va ommalashtirishga qaratilgan umumxalq aktsiyasini oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0