Bugun qanday ob-havo kutilmoqda

© pexels.com/Brett SaylesMalooblachnaya i teplaya pogoda
Malooblachnaya i teplaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati +30-35 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat +33-35 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +23-28 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0