AQSh kompaniyalari Turkiya orqali Rossiya bilan yashirin savdo qilmoqchi – OAV

© Depositphotos.com / Oleksiy MarkGruzovie vagoni
Gruzovie vagoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan ko‘plab Amerika kompaniyalari turk kompaniyalariga ma’lum komissiya evaziga birgalikda biznes qilishni taklif qilmoqda.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyani tark etgan AQSh kompaniyalari Turkiya orqali u bilan yashirin savdo qilish yo‘lini qidirmoqda. Bu haqda “Yeni Safak” gazetasi turk ishbilarmon doiralaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
“G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan ko‘plab Amerika kompaniyalari turk kompaniyalariga ma’lum komissiya evaziga birgalikda biznes qilishni taklif qilmoqda. Biz suhbatlashgan ishbilarmonlar so‘nggi oylarda Amerika kompaniyalaridan bunday takliflar ko‘payganini ta’kidladi. Qo‘shma Shtatlarda shtab-kvartirasi joylashgan ko‘plab xalqaro kompaniyalar Dubayning erkin zonalarida tashkil etilgan sho‘’ba korxonalarini ushbu biznes uchun safarbar qildi. Turk kompaniyalariga qo‘shma savdo takliflari bilan murojaat qilayotgan Amerika kompaniyalari Rossiya bozoridagi yo‘qotishlarini qoplash uchun bu usulga murojaat qiladi”, - deb yozadi nashr.
Mart oyida Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh Savdo palatasi vitse-prezidenti Mayron Brilliant Turkiyaga tashrif buyurib, ham siyosatchilar, ham ishbilarmonlar bilan uchrashgan.
“Tashrifni baholagan AQShning Anqaradagi elchisi Jeff Fleyk Rossiyadan chiqishga tayyorlanayotgan 5 ming amerikalik kompaniyaning manzili sifatida Turkiyani ko‘rsatganini aytdi. Turkiyaning Rossiya bilan iliq aloqalaridan unumli foydalanishga harakat qilayotgan Amerika kompaniyalari ham Turkiya kompaniyalarining mintaqadagi samarali logistika imkoniyatlaridan foydalanmoqchi”, deb yozadi gazeta.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi, xususan, energiya resurslarini sotib olish bo‘yicha sanksiyalar joriy qila boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0