Dunyoda

Italiyalik jurnalist Putinning “sirli gʻalabasi” sabablarini aytdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskyi / Mediabankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin nablyudayet za demonstratsionnыmi poletami pilotajnыx grupp vo vremya poseщeniya XIII Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2017 v podmoskovnom Jukovskom
Prezident Rossii Vladimir Putin nablyudayet za demonstratsionnыmi poletami pilotajnыx grupp vo vremya poseщeniya XIII Mejdunarodnogo aviatsionno-kosmicheskogo salona MAKS-2017 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jurnalistning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 16 baravarga oshgan.
TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “sirli gʻalabasi” mamlakatda qishloq xoʻjaligini muvaffaqiyatli rivojlantirganida. Bu haqda Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi yozmoqda.
Jurnalist Federiko Rampinining soʻzlariga koʻra, “Rossiya qishloq xoʻjaligi baquvvat” va 2022 yilda mamlakat “dahshatli stsenariylarga” qaramay rekord darajadagi don eksportiga erishadi.
U AQSH fermerlari “sovet fuqarolari och qolishiga yoʻl qoʻyishmagani” zamonini ham yodga olgan.
“Hozir bu xotiralar uzoq oʻtmishda qoldi. Putin davrida Rossiyada qishloq xoʻjaligining hayratli ravishda qayta tiklanishi roʻy berdi”, - deya qayd etgan Rampini.
Jurnalistning taʼkidlashicha, 2000 yildan 2018 yilgacha Rossiyadan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti 16 baravarga oshgan, hozir Rossiya Amerikaga qaraganda bir necha baravar koʻp don ishlab chiqaradi.
Rampini global isishning qishloq xoʻjaligiga taʼsiriga toʻxtatalib, bunda ham Rossiya Kanada va Skandinaviya mamlakatlari bilan bir qatorda yutuqli holatda boʻlishini taʼkidlagan.
Uning soʻzlariga koʻra, dunyodagi don eksportining 13-16 foizi Moskva nazorati ostida, 2022 yil oxiriga kelib esa Rossiya eksporti oʻtgan yilgi koʻrsatgichdan oshadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya dunyoda gʻalla eksportida birinchi oʻrinda ekanini qayd etgandi. 2022 yilda mamlakatda don hosili 130 million tonnaga yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0