Toshkent viloyatidagi bulutlar holati real vaqt rejimida kuzatib boriladi - O‘zgidromet

CC0 / pexels.com / Solnechnaya pogoda
Solnechnaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda Toshkent MRL uskunasi viloyatning tog‘lik osmonidagi bulutlilik holatini to‘liq ko‘ra oladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkent viloyatidagi bulutlar holatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati G‘azalkent shahridagi meteorologik radiolokatr uskunasi O‘zgidrometning faktik ob-havo ma’lumotlarini ko‘rsatib boradigan data.meteo.uz geoportal tizimiga integratsiya qilindi.
“Endilikda Toshkent viloyati tog‘li hududlari osmonidagi bulutlar holatini ham real vaqt ichida kuzatib borish imkoni paydo bo‘ldi”, deyildai xabarda.
Oldinlari Toshkent MRL uskunasi tog‘lik osmonidagi bulutlilik holatini to‘liq ko‘ra olmagan.
Yangiliklar lentasi
0