Tramp 2020-yilgi prezident saylovi natijalarini bekor qilishga chaqirdi

© AFP 2023 / CHIP SOMODEVILLABivshiy prezident SShA Donald Tramp
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Tramp Federal qidiruv burosining Xanter Baydenning noutbuk hikoyasini “ko‘mib tashlash” qarori tufayli yangi saylov o‘tkazishni talab qildi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini zudlik bilan bekor qilishni va Federal qidiruv burosining Xanter Baydenning noutbuk hikoyasini “ko‘mib tashlash” qarori tufayli yangi saylov o‘tkazishni talab qildi.
2020 yil oktabr oyida “The New York Post” AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanterning noutbukida topilgani aytilgan yozishmalar asosida bir qator materiallarni chop etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, noutbuk keyinchalik FQB tomonidan musodara qilingan. “Daily Mail” nashrining yozishicha, noutbukda topilgan fotosuratlar kichik Baydenning giyohvand moddalar savdosi va fohishalik sohasidagi jinoiy harakatlarga aloqadorligini ko‘rsatishi mumkin.

“FQB,aks holda “Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida osonlik bilan g‘alaba qozonishini” bilib, saylov oldidan Xanter Bayden noutbukining hikoyasini ko‘mib tashladi”, - deb yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.

Uning qayd etishicha, bu kabi harakatlar “firibgarlik” va “saylovga aralashish”ga misol bo‘la oladi.

“Yechim haqiqiy g‘olibni aniqlash yoki hech bo‘lmaganda 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilish va darhol yangisini o‘tkazishdir”,- deb taklif qildi Tramp.

Yangiliklar lentasi
0