Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xersonda Rossiyaga qo‘shilish tarafdorlari nima uchun ko‘payayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Xersone
Povsednevnaya jizn v Xersone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Stremousov: Ukraina tomonining Xerson viloyati ustidan nazoratni qaytarish haqidagi barcha bayonotlari ularning “ma’nosiz his-tuyg‘ulari va mulohazalari”dir.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ukraina natsistlari Xerson viloyatini qanchalik ko‘p o‘qqa tutsa, uning aholisi referendum o‘tkazishni shunchalik ko‘p talab qilmoqda. Bu haqda RIA Novostiga viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Odamlar (Vladimir) Zelenskiydan va bu rejimdan nafratlanadi. Natsistlar Xerson viloyatini qanchalik ko‘p o‘qqa tutsa, xalq referendum o‘tkazishni shunchalik ko‘p talab qiladi va viloyatning Rossiya Federatsiyasi subyekti bo‘lishi tarafdorlari shunchalik ko‘payadi”, dedi Stremousov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining Xerson viloyati ustidan nazoratni qaytarish haqidagi barcha bayonotlari ularning “ma’nosiz his-tuyg‘ulari va mulohazalari”dir.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson va Zaporojye viloyatining Azov dengiziga tutash qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni ozod qildi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0