Yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni maxsus guvohnomalarsiz saqlash taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishLvata v Yekaterinburgskom zooparke
Lvata v Yekaterinburgskom zooparke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar so‘nggi vaqtlarda yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va to‘y marosimlariga olib kelish fuqarolar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblashmoqda.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarnimaxsus guvohnomalarsiz saqlash taqiqlanishi kutilmoqda.
Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritishga oid qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.
Qonun loyihasi bilan yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasidan tomonidan beriladigan maxsus guvohnomalarsiz yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan saqlash taqiqlanmoqda.
Hayvonlar ro‘yxatini Vazirlar mahkamasi tasdiqlaydi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish, to‘y, ma’raka, yubiley hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarda ular bilan birga kelish holatlari ortib bormoqda.
“Bu esa o‘z navbatida, atrofdagi boshqa fuqarolarning hayoti hamda sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirib, ko‘ngilsiz holatlarning yuzaga kelishiga olib kelmoqda”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, respublika Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda saqlash uchun ham maxsus guvohnoma olish kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, yovvoyi yirtqich va zaharli hayvonlarni hayvonot bog‘lari, terrariumlar, sirklar, okeanariylar, delfinariylar, tabiiy pitomniklar, ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun ilmiy va ta’lim tashkilotlarida saqlash ham maxsus guvohnoma asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Mavzuga oid:

Termizda fuqaro uyida yovvoyi to‘ng‘iz bolalarini boqib kelayotgani aniqlandi
Toshkent tumanida fuqaro xonadonida sher bolasini boqayotgani aniqlandi – foto
SSV sher tishlab olgan 3 yoshli qizchaning ahvoli haqida ma’lumot berdi
Samarqand yo‘lida tashlab ketilgan sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi
Yangiliklar lentasi
0