Toshkent aeroportida aniqlangan timsoh bolalari hayvonot bog‘iga topshirildi – foto

Obuna bo‘lish
Misrdan uchib kelgan fuqaro 56 bosh tirik timsoh bolalarini O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tishga urindi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 56 bosh timsoh bolalarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, timsoh bolalari Qoxira-Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan fuqaroning yuklari ko‘zdan kechirilganda aniqlangan. Yo‘lovchi ularni sabzavot va mevalar solingan plastik idishlarda saqlagan. Bojxonachilarni chalg‘itish va timsohlar harakati skanerda aniqlanmasligi uchun konteynerlarni folgaga o‘ragan.
© Press-slujba GTK
Izyatix v aeroportu Tashkenta krokodilov peredali v stolichniy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Press-slujba GTK
Izyatix v aeroportu Tashkenta krokodilov peredali v stolichniy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Press-slujba GTK
Izyatix v aeroportu Tashkenta krokodilov peredali v stolichniy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Press-slujba GTK
Izyatix v aeroportu Tashkenta krokodilov peredali v stolichniy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur timsoh bolalarining umumiy qiymati 918,5 million so‘mni tashkil qiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aniqlangan timsoh bolalarining tashqi ko‘rinishi Nil timsohi Crocodylus niloticus'ga o‘xshaydi.
Qo‘mita va "Toshkent-AERO" chegara veterinariya posti xodimlari timsoh bolalarini Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirgan. Hayvonot bog‘i xodimlari timsohchalarning ahvolini qoniqarli deb baholashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0