Rossiya

Rossiya harbiy bilim yurtlari dasturida Ukraina, Qorabogʻ va Suriya tajribasi hisobga olinadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishBespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA) "Orion-E"
Bespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA) Orion-E - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya harbiy OTMlarida amaliy oʻq otish mashgʻulotlari, artilleriya oʻtini boshqarish, dronlar ekspluatatsiyasiga eʼtibor kuchaytiriladi.
TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Rossiya oliy harbiy bilim yurtlarining oʻquv dasturlarid Ukraina, Qorabogʻ va Suriyadagi janglar tajribasi hisobga olindi. Bu haqida yangi oʻquv yili boshlanish arafasida mudofaa vaziri Sergey Shoygu uchun armiya generallari tomonidan tayyorlangan hisobotda aytib oʻtilgan.
“Talabalar va kursantlar uchun oʻquv dasturlari maxsus harbiy amaliyot, Togʻli Qorabogʻda tinchlikparvarlik missiyalari va Suriya Arab Respublikasida qurolli kuchlardan foydalanish tajribasini hisobga olgan holda yangilandi”, - dedi general-mayor Valeriy Gerasimov.
Gerasimov aytishiga koʻra, yangi oʻquv yilida jangovar vaziyatda harbiy qismlar va qoʻshinlarning turlararo guruhlarini boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, robot majmualar va uchuvchisiz apparatlardan foydalanish tajribasi ham oshiriladi.
“Robot komplekslari va tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlarining ekspluatatsiyasi va jangovar foydalanish masalalarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilmoqda”, — deya qoʻshimcha qildi Valeriy Gerasimov.
Quruqlik qoʻshinlari uchun esa amaliy oʻq otish mashgʻulotlari sonini oshirish rejalashtirilgan dedi quruqlik qoʻshinlar boshligʻi general Oleg Salyukov.
Undan tashqari, boʻlinmalar komandirlari uchun artilleriya qoʻshinlari oʻtini boshqarish, zirhli qurol va texnikalardan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda jangovar transport vositalari ekipajlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha mashgʻulotlar soni koʻpaytiriladi, - dedi Salyukov.
Maʼlumot uchun, Suriya va Ukrainadagi harbiy harakatlar vaqtida Rossiya Federatsiyasi bir necha yangi qurol turlaridan foydalanib, ularni teal jang vaziyatida sinovdan oʻtkazdi. Xususan, Su-57 ыiruvchi samolyotlari, "Kinjal" gipertovush tezligida uchadigan raketalar, "Orion" va boshыa dronlar hamda dronlarga qarshi "miltiq"lar va boshqa harbiy texnika.
Yangiliklar lentasi
0