Dunyoda

Bayden Trampni ekstremist deb atadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bayden: MAGA respublikachilar konstitutsiyani hurmat qilmaydi, qonun kuchiga ishonmaydi.
TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi prezident Donald Tramp Amerikaga tahdid soluvchi ekstremizmni ifodalashini aytdi.
“Donald Tramp va MAGA respublikachilar respublikamiz poydevoriga tahdid soluvchi ekstremizmni ifodalaydi”, dedi Bayden xalqqa murojaatida.
U barcha respublikachilarni emas, faqat Trampning Make America Great Again (MAGA) harakati tarafdorlarini nazarda tutayotganini taʼkidlagan.
“MAGA respublikachilar konstitutsiyani hurmat qilmaydi, qonun kuchiga ishonmaydi, xalq irodasini tan olmaydi”, dedi Bayden.
Uning taʼkidlashicha, Tramp tarafdorlari prezidentlik saylovlarini tan olmaydi, konservatorlar esa Tramp demokratiyaga tahdid ekanini tushunadi.
Maʼlumot oʻrnida, MAGA Trampning 2016 yilgi saylov kampaniyasining asosiy siyosiy shioridir.
Yangiliklar lentasi
0