Iqtisod

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi

© Portal pravitelstva RossiiDenis Manturov i Jamshid Xodjayev obsudili torgovo-ekonomicheskoye sotrudnichestvo Rossii i Uzbekistana
Denis Manturov i Jamshid Xodjayev obsudili torgovo-ekonomicheskoye sotrudnichestvo Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Denis Manturov Oʻzbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Oʻzbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, avtomobilsozlik, qayta tiklanadigan energiya manbalari, farmatsevtika, yengil sanoat va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Farmatsevtika: “Gerofarm” kompaniyasining Oʻzbekistonda insulin analoglarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi faol bosqichida. “Farmasintez” saratonga qarshi dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxona qurish loyihasi boʻyicha ishlamoqda.
Yengil sanoat: Oʻzbekiston ip gazlamalarni yetkazib beruvchi asosiy davlat, Rossiya korxonalari bu sohada hamkorlikni chuqurlashtirmoqchi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yordamchi ashyolarni yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda.
Manturov Rossiya va Oʻzbekiston viloyatlarining oʻzaro tashriflarini amalga oshirish muhimligini taʼkidlab, hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdi. Shu yil oxirigacha Rossiyaning 40 dan ortiq hududidan vakillar respublikaga keladi.
Shuningdek, Manturov Xodjayevni Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0