Jamiyat

DXMlarda haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishV Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa
V Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tizimida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy etildi.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tizimida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy etildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan, 1-5 sentyabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababdan, YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.
Yangiliklar lentasi
0