Samarqanddagi 16 ta ko‘cha 4 kunga yopiladi - chizma

© Sputnik / Sergey GuneyevVid na gorod Samarkand v Uzbekistane
Vid na gorod Samarkand v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrining 16 ta ko‘chasida avtomobil harakati vaqtincha cheklanadi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14-sentabrdan 17-sentabrga qadar Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

“Shu munosabat bilan viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

© Samarqand IIB matbuot xizmati Tranzit o‘tuvchi yengil transport vositalarini Samarqand shahrini aylanib o‘tish avtomobil yo‘llarining chizmasi
Tranzit o‘tuvchi yengil transport vositalarini Samarqand shahrini aylanib o‘tish avtomobil yo‘llarining chizmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Tranzit o‘tuvchi yengil transport vositalarini Samarqand shahrini aylanib o‘tish avtomobil yo‘llarining chizmasi
Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.
“14-15-16 va 17-sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0