Rossiya

Medvedev Sholtsning Rossiya gazi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka oʻtishDmitriy Medvedev, arxivnoye foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Avvalroq Germaniya kantsleri Rossiya goʻyoki “endi ishonchli energiya resurslarini yetkazib beruvchi emas” degan edi.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Germaniya Rossiyadan gaz yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolardan hayron qolmoqda, oʻzi esa Moskvaga gibrid urush eʼlon qilib, dushman sifatida ish tutmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.
U Germaniya kantsleri Olaf Sholtsning Rossiya goʻyoki “endi ishonchli energiya resurslarini yetkazib beruvchi emas” degan gaplariga oʻz munosabatini bildirgan.
“Buni qarang-a! Yana xafa boʻlibdi... Germaniya: a) doʻst boʻlmagan mamlakat; b) butun Rossiya iqtisodiyoti va uning fuqarolariga qarshi sanktsiya qoʻlladi; v) Ukrainaga qurolli kuchlarimizga qarshi qaratilgan qurol-yarogʻ yetkazib beryapti. Boshqacha qilib aytganda, Rossiyaga gibrid urush eʼlon qildi. Shunday ekan, Germaniya oʻzini Rossiya dushmani sifatida tutmoqda”, - deya yozgan Medvedev oʻzining telegram kanalida.
U Sholts “nemislarning gaz bilan qandaydir kichik muammolari borligiga” hayron qolayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq Germaniya kantsleri Rossiyani ishonchli energiya resurslarini yetkazib beruvchi emas degan edi, chunki goʻyoki u oʻzining shartnomalarda belgilangan majburiyatlarini bajarmayapti. Rossiya tomoni bir necha bor bu ayblovlarni rad etib, hozirgi vaziyat avvalo YEIning oʻzi va sanktsiyalari tufayli yuzaga kelganini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0