Bugun qanday ob-havo kuzatiladi

© unsplash.com/Sardorbek UsmonovTashkentskaya telebashnya
Tashkentskaya telebashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Havo harorati +34-39 darajani tashkil etadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugun ham O‘zbekistonda issiq harorat kuzatiladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +34-39 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat +36-38 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +27-32 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0