O‘qituvchi va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

© Depositphotos.com / BlazeofgloryUchitel pishet u doski v shkole
Uchitel pishet u doski v shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Deputat o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqida deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Deputatning yozishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ushbu tizim xodimlari uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish bepul hisoblanadi. Lekin turli sabablar bilan qonun talabi bajarilmay, xodimlar o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelgan.
Ushbu masala yuzasidan Rasul Kusherbayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov bilan muloqotda bo‘ldi.
Muloqotda SSVning birinchi o‘rinbosari viloyatlardagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tibbiy markazlarga Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berilganini bildirdi.
“Nihoyat qonunda kafolatlangan huquqning amalda ham ta’minlanishiga erishilayotgani bizni hursand qilmoqda. Har qalay harakatlarimiz zoe ketmabdi”, deydi deputat.
Deputat shuningdek, o‘qituvchi va tarbiyachilarni tezroq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0