Dunyoda

Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi – OAV

© Sputnik / Said Zakeriya / Mediabankka oʻtishKabul. Arxivnoye foto
Kabul. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qayd etilishicha, Rossiyaning Kobuldagi konsullik boʻlimi oldida afgʻon talabalari boʻlgan. Ular vizaga hujjat topshirish yoki uni olish uchun oʻz navbatlarini kutib turishgan.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Dushanba kuni Afgʻoniston poytaxtidagi tumanlardan birida portlash roʻy berdi. Bu haqda “Aamaj News” agentligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, hodisa Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yaqinida sodir boʻlgan.
RIA Novostining manbalariga tayanib yozishicha, voqea joyiga koʻplab tez yordam mashinalari yoʻl olmoqda.
“Portlash Rossiya elchixonasi qarshisida roʻy berdi. Koʻplab tez yordam mashinalari oʻsha hududga yoʻl oldi, jabrlanganlar soni koʻp boʻlishi mumkin”, - degan guvohlar agentlik bilan suhbatda.
Voqea guvohlarining Sputnik Afgʻonistonga maʼlum qilishlaricha, portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 20 nafarga yetishi mumkin.
Rossiyaning konsullik boʻlimi oldida afgʻon talabalari boʻlgan. Ular vizaga hujjat topshirish yoki uni olish uchun oʻz navbatlarini kutib turishgan.
Al Arabiya” telekanali portlashni xudkush terrorchi sodir etgani haqida xabar bermoqda.
Hozircha hodisa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0