Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv o‘chiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSezonnoe otklyuchenie gorachey vodi
Sezonnoe otklyuchenie gorachey vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun soat 18:00ga qadar 5-IMdagi magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Toshkentdagi Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida “Toshissiqquvvati” xabar berdi.
Aytilishicha, bugun soat 18:00ga qadar 5-IMdagi magistral issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabati bilan Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, 12-sentabrdan 7-oktabrgacha Toshkent shahrining barcha tumanlarida issiq suvni bosqichma-bosqich o‘chirish rejalashtirilgan.
Toshkentda 2022-2023 yilgi isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik markazlarini kuzgi rejali to‘xtatish ishlari olib boriladi. Shu bois ular amalga qiladigan hududlarda besh kun issiq suv bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0