Jamiyat

Elektron kundalikning ota-onalar uchun qanday qulayliklar yaratadi - XTV

© Sputnik/Zafar XalilovKak proxodit pervыy zvonok v Tashkente
Kak proxodit pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kundalik.com tizimi oʻqituvchilar va ota-onalarning oʻzaro mustahkam hamkorligini taʼminlashda ishonchli koʻprik boʻlib xizmat qiladi.
TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekistonda joriy etilgan elektron kundalik (Kundalik.com) tizimining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Ota onalar onlayn tarzda quyidagi maʼlumotdan xabar boʻlishadi:
farzandlarining darsga qatnashayotgani;
darsni qay darajada oʻzlashtirib borayotgani;
ertangi kungi uy vazifalari
Maʼlumotlar onlayn ravishda, tezkor aks ettirib boriladi.
Shuningdek Kundalik.com tizimi oʻqituvchilar uchun ham qator qulayliklar yaratadi. Ulardan eng muhimi vaqtni tejash. Oʻrganishlar natijasida aniqlanishiga koʻra - buning har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaladi.
Kundalik.com tizimiga obuna boʻlish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi. Undan foydalanish pullik boʻlib, yildan yilga arzonlashtirilib borilmoqda. Xususan, 2020 yilda uning yillik obuna narxi (365 kun) 9200 soʻm etib belgilangan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 8600 soʻmni, 2022 yilda 8000 soʻmni tashkil etmoqda.
Foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar “Oʻzbektelekom” serverlarida saqlanadi. Mazkur tizim Oʻzbekistonning ichki internet tarmogʻi — TAS-IX hududida joylashganligi sababli platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalaniladigan internet-trafik sarflanmaydi.
Yangiliklar lentasi
0