Jonni Depp Toshkent kinofestivalida ishtirok etadi

© AP Photo / Steve HelberDjonni Depp na sude okruga Ferfaks v Ferfakse, shtat Virdjiniya
Djonni Depp na sude okruga Ferfaks v Ferfakse, shtat Virdjiniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Jonni Depp va Endryu Levitas kinofestival mehmonlari va ishtirokchilariga “Minamata” nomli qo‘shma loyihasini taqdim etadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Mashhur amerikalik aktor Jonni Depp XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda tadbir matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, festivalda mashhur amerikalik rejissor Endryu Levitas ham ishtirok etadi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yulduzli tandem bo‘lajak kinofestival mehmonlari va ishtirokchilariga “Minamata” nomli qo‘shma loyihasini taqdim etadi. Filmda Jonni Depp amerikalik fotograf Smit rolini o‘ynaydi.
Film tomosha qilingandan so‘ng, yulduz bilan birgalikda filmning onlayn muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jonni Depp “Oltin globus” mukofoti sovrindori. Deppga mashhurlik olib kelgan filmlar: “Eduard. Qo‘l-qaychi”, “Charli va shokolad fabrikasi”, “Ed Vud”, “Suini Todd” va “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida”, “Kelin jasadi” multfilmi, shuningdek “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi kapitan Jek Chittak obrazi.
Yangiliklar lentasi
0