O‘tgan yili kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar 6 trln dollardan oshdi – Aripov

© Sputnik / Yuriy KorsunsevDirektor Instituta strategicheskix i mejregionalnix issledovaniy (ISMI) pri Prezidente Uzbekistana Eldor Aripov
Direktor Instituta strategicheskix i mejregionalnix issledovaniy (ISMI) pri Prezidente Uzbekistana Eldor Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Aripov axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Axborot xavfsizligini ta’minlash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ShHTga a’zo davlatlardan axborot sohasidagi zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashishning muvofiqlashtirilgan mexanizmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHTning axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi davomida ma’lum qildi.
Shuningdek, u axborot texnologiyalarining tez tarqalishi bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik tizimida yangi zaifliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Aripovning qayd etishicha, jahon ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yilda kiberjinoyatlardan ko‘rilgan zarar dunyo bo‘ylab 6 trillion dollardan oshgan.
“Bugungi kunda eng ko‘p hujumga uchragan tarmoqlar energetika, sanoat, mudofaa, davlat boshqaruvi sohalaridir”, dedi u.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar ham keng ko‘lamli targ‘ibot va muvofiqlashtirish faoliyatining yangi bosqichiga ko‘tarilgan.

“Ularning nazarida, birinchi navbatda, yoshlarimizning ongi zaif. Bu salbiy tendensiyalar ShHTga a’zo davlatlardan kibermakonni himoya qilish, axborot xavfsizligini milliy va mintaqaviy darajada ta’minlash bo‘yicha kompleks yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi”, - deya xulosa qildi Aripov.

Yangiliklar lentasi
0