Belbog‘li kurash: Namangan Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida Gruziya, Belgiya, Eron, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Braziliya, Moldova Hindiston, Mo‘g‘uliston, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston,Tojikiston kabi dunyoning qator davlatlaridan eng sara polvonlari ishtirok etadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Namangan belbog‘li kurash bo‘yicha prezident sovrini uchun Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Namangan shahrida 8-11 sentabr kunlari ilk bor milliy sport turi belbog‘li kurash bo‘yicha prezident sovrini uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Jahon chempionatida Gruziya, Belgiya, Eron, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Braziliya, Moldova Hindiston, Mo‘g‘uliston, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston,Tojikiston kabi dunyoning qator davlatlaridan eng sara polvonlari ishtirok etadi.
Mazkur mundialda erkaklar belbog‘li kurash bo‘yicha 8 ta vazn toifasida kuch sinashsa, ayollar 5 ta vaznda bellashadi.

Chempionat dasturi:

8 sentabr - hakamlar seminari va OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkaziladi;
9 sentabr - Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
9 sentabr - belbog‘li kurash bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi;
10 sentabr - belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishda bahslar olib boriladi.
Ayni kunlarda musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan sport delegatsiyalari kutib olinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0