Hukumat ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismi qaytarish tartibini belgiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi u krepostnoy steni Sitadeli Ark v istoricheskoy chasti Buxari.
Turisti u krepostnoy steni Sitadeli Ark v istoricheskoy chasti Buxari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilgan mamlakat fuqarolari xarajatlarining bir qismini qaytarib olishlari mumkin.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshirilgan ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tizimini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 484-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq mamlakat fuqarolari uchun respublika hududlarida "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi ("Cashback") joriy etiladi.
Sayohat xarajatlari "Soliq.uz" elektron platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali qaytariladi.

Sayyoh keshbek olish uchun nima qilishi kerak?

Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olish;
Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlash;
Keshbeklarni yig‘ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo‘l yoki avtobus chiptarini ilovaga kiritish;
DSQ sayohat yakuni bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarni tekshirib, ulardagi summalar hisob-kitobini amalga oshiradi. Sayohat xarajatlarini qaytarish shartlari to‘g‘ri bajarilganligi natijasi bo‘yicha yig‘ilgan mablag‘larni turistlarning shaxsiy bank kartalariga milliy valyutada o‘tkazib beradi.
Sayohat xarajatlari quyidagi hollarda qaytariladi:
avia, temir yo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
temiryo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
madaniyat tashkilotlariga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Sayohat xarajatlari uchun mablag‘lar faqat platforma orqali mahalliy turistlarning bank kartasiga sayohat yakunlangach qaytariladi.
Yangiliklar lentasi
0