Putin dollarga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini aytdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF Vladimir Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti hatto AQSh ittifoqchilari o‘zlarining dollardagi aktivlarini asta-sekin qisqartirayotganiga” e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Mamlakatlarning dollar, yevro, funt sterlingga bo‘lgan ishonchi asta-sekin yo‘qolmoqda va bu valyutalardan foydalanishdan voz kechishmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin VII Sharqiy iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“G‘arb mamlakatlari tarixning kechish jarayoniga qarshi turishga urinib, 100-yillar davomida yo‘lga qo‘yilgan dunyo iqtisodiy tizimining asosiy tayanch nuqtalariga putur yetkazishdi. Ko‘z o‘ngimizda ularda hisob-kitob qilish, zaxiralarni saqlash mumkin bo‘lgan valyuta sifatidagi dollar, yevro va funt sterlingga bo‘lgan ishonch yo‘qoldi. Biz asta-sekin obro‘si to‘kilgan bunday ishonchsiz valyutalardan foydalanishdan voz kechapmiz”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari “hatto AQSh ittifoqchilari o‘zlarining dollardagi aktivlarini asta-sekin qisqartirayotganiga” e’tibor qaratdi.
“Bu statistikadan ko‘rinib turibdi. Dollarda hisob-kitob qilish ham, pul jamg‘arish ham tobora kamaymoqda”, - dedi Putin.
U kuni kecha “Gazprom” kompaniyasi va uning xitoylik hamkorlari gaz yetkazib berganlik uchun to‘lovni amalga oshirishda rubl va yuanga o‘tishga qaror qilishganini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0