Jamiyat

Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Asatur YesayantsStarinnaya rukopis
Starinnaya rukopis - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat reyestriga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tomonidan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri yuritiladi. Bu haqida Hukumatning 498-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan.
Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.
Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq boʻlib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlaridagi yozma manbalarga oid maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.
Yozma manba roʻyxatdan oʻtkazilganda guvohonma beriladi.
Yozma manbalar oʻgʻirlanganda, yoʻqotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0