Qo‘lda terilgan paxta uchun necha puldan to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishSbor urojaya xlopka
Sbor urojaya xlopka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi kuz mavsumida paxta yig‘im-terimi uchun belgilangan narxlar o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshgan.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Bu yilgi kuz mavsumida paxta yig‘im-terimi uchun belgilangan narxlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.
Aytilishicha, qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.
Qayd etish joiz, o‘tgan yilga nisbatan narxlar yiliga o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshgan. 2021-yilda 1 kilogramm paxta uchun 1200 so‘m, ikkinchi terimda esa 1500 so‘mni tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashosining minimal narxi QQS bilan birga 10 025 ming so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashosining minimal narxi QQS bilan birga 15 120 ming so‘mni tashkil etganini ma’lum qilgandi.
Ushbu narxlar jahon bozorida shakllangan narxlar, mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0