Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Vladimir Putin va Si Szinpin Samarqandda ShHT sammiti doirasida uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tish4 fevralya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel KNR Si Szinpin (sprava) vo vremya vstrechi v gosudarstvennoy rezidensii "Daoyuytay" v Pekine.
4 fevralya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel KNR Si Szinpin (sprava) vo vremya vstrechi v gosudarstvennoy rezidensii Daoyuytay v Pekine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy yetakchilari Samarqanddagi ShHT doirasida muzokaralar olib borishadi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida uchrashadi. Bu haqda Rossiyaning Pekindagi elchisi Andrey Denisov ma’lum qildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy yetakchilarining uchrashuviga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
“Umuman olganda bu sammit qiziqarli bo‘lishga va’da bermoqda, chunki bu pandemiya davridagi birinchi to‘laqonli sammit bo‘ladi”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida doirasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishi va ular bilan alohida muzokaralar o‘tkazishi xabar qilingan edi. Erdog‘an sammitda faxrli mehmon sifatida qatnashadi.
15−16 sentabr kunlari O‘zbekiston raisligi doirasida Samarqand shahrida ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu tashkilotning O‘zbekistonda o‘tkazilgan to‘rtinchi sammiti bo‘ladi. Ilgari xalqaro miqyosdagi bunday muhim tadbir 2004, 2010 va 2016-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston a’zo. Samarqanddagi sammitda Eronga tashkilotning to‘laqonli a’zosi maqomini beruvchi memorandum imzolanishi kutilmoqda. Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston — kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0