Bugun Toshkentda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri konsert beradi

© Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Minkulte UzbekistanaVladimir Spivakov i Natsionalniy filarmonicheskiy orkestr Rossii na ploshadi Registan v Samarkande
Vladimir Spivakov i Natsionalniy filarmonicheskiy orkestr Rossii na ploshadi Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Konsert dasturidan avval yakkaxon xonandalari kun mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari uchun mahorat darslari o‘tkazishadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya Milliy filarmoniya orkestri konsert beradi. Bu haqida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Aytilishicha, konsert dasturidan avval Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining yakkaxon xonandalari kun mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari uchun mahorat darslari o‘tkazishadi.
Mahorat darslari ixtisosliklar yo‘nalishlari torli, puflama va zarbli cholg‘u asboblaridan iborat bo‘ladi.
Soat 19:00 da esa “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya Milliy filarmoniyasi orkestri xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dirijor Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qilingandi.
Tadbirda Genrik Ibsenning “Per Gunt” dramasi musiqasidagi mashhur suita va Norvegiya mumtoz san’at arbobi Edvard Grigning lya minor orkestri fortepiano konserti ijro etiladi.
Shuningdek, Potr Chaykovskiy, Antonin Dvorjak, Jakomo Puchchini va Franchesko Chilea operalaridan parchalar ham ijro etilishi rejalashtirilgan.
Yakkaxon ijrochilar Vladimir Spivakov va uning jamoasining konsert va sayyor chiqishlarida bir necha bor ishtirok etgan pianinochi Ivan Bessonov va soprano Yekaterina Petrova bo‘ladi.
Mazkur tadbir Alisher Usmonov homiyligidagi “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0