Deputatlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasini sentabrda muhokama qilishlari kutilmoqda

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini sentabr oxirigacha Qonunchilik palatasiga kiritish rejalashtirilgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasini sentabr oylarida muhokama qilishlari kutilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Akmal Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi sentabr oxirigacha ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasiga kiritish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi referendumga tayyorgarlikni yilning ikkinchi yarmidan boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi 1-avgust kuni yakunlangan. Umumxalq muhokamasi doirasida 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.
Qonun loyihasida konstitutsiyaning 60 ga yaqin moddasiga 200 ga yaqin o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan. O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, o‘lim jazosini taqiqlash, mamlakat fuqarosini xorijiy davlatga ekstraditsiya qilishni taqiqlash masalalari shular jumlasidandir.
1992 yilda qabul qilingan amaldagi konstitutsiya 128 moddadan iborat. O‘shandan beri mamlakatning asosiy qonuniga 15-marta o‘zgartirishlar kiritildi.
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomiga oid qismi chiqarildi. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq degan qarorga keldi.
Avvalroq Konstitutsiyaviy komissiya spikeri Jahongir Shirinov O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda yangi muhokamadan so‘ng referendumga qo‘yilishi haqida ma’lum qilgandi.
Qonunchilikka muvofiq, ovoz berish parlament palatalarining referendum to‘g‘risidagi qarorlari e’lon qilingan kundan boshlab bir yarim oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda istalgan kunga belgilanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0