Dunyoda

Erdogʻan: narxlar oʻsishi Yevropani vahimaga solyapti

© AP PhotoPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya prezidenti qish arafasida Gʻarb mamlakatlari paytavasiga qurt tushganini maʼlum qildi. Ularni energiya resurslari narxi oʻsishi vahimaga solyapti.
TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Gʻarb mamlakatlari oʻsib borayotgan narxlar tufayli qish arafasida vahimaga tushib qolishgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Xorvatiyadagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Energiya resurslari narxlari koʻtarilmoqda. Yevropa bu qishni qanday oʻtkazish borasida xavotir olmoqda. Raqamlar juda yuqori. Gʻarb bu raqamlarni nima qilish kerakligidan vahimaga tushgan. Umid qilamanki, bu qiyin vaziyat qabul qilingan eng yaxshi tarzdagi yechimlar yordamida bartaraf etiladi”, - dedi Turkiya rahbari.
Shu bilan birga Erdogʻan energiya resurslari narxlari oʻsishini jilovlash uchun qanday choralar koʻrilishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
Gʻarb Putinga qarshi sanktsiyalar hosilini oʻrmoqda – Erdogʻan
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi. Koʻpgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida eʼlon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va AQSH uchun muammo boʻlib, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxining oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0