Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT sammiti doirasida Rossiya-Xitoy-Mo‘g‘uliston rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi - Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Bu haqida Vladimir Putin Vladivostokda Mo‘g‘uliston bosh vaziri bilan ikki tomonlama uchrashuvda chog‘ida aytib o‘tdi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida O‘zbekistonda Rossiya, Xitoy va Mo‘g‘ulistonning uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Bu haqida Rossiya yetakchisi Vladivostokda bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Mo‘g‘uliston bosh vaziri bilan ikki tomonlama uchrashuvda chog‘ida aytib o‘tdi.
“Tez orada O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan, u yerda Xitoy Xalq Respublikasi raisi ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkaziladi”, deydi Putin Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan ikki tomonlama uchrashuvda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0