Siyosat

Ayol rahbarlar ishtirokidagi sammitda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

© SputnikParlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti
Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sammit COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga doir masalalar yuzasidan rahbar ayollar oʻrtasida fikr almashish uchun oʻziga xos platforma vazifasini oʻtadi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqida Oliy Majlis Senati matbuot xizmati raxbari Hojiakbar Toʻlaganov Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
Bugun sammit oʻz ishini “Barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan gender masalalariga yoʻnaltirilgan parlamentlar" mavzusidagi maxsus segment majlisi bilan davom ettirdi.
Majlisni Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva oʻz soʻzida Oʻzbekistonda ham gender tengligi boʻyicha ishlar "Hech bir ayol davlat va jamiyat eʼtiboridan chetda qolmaydi" degan qatʼiy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Sammit COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga doir masalalar yuzasidan rahbar ayollar oʻrtasida fikr almashish, raqamli makonda inson huquqlari himoyasini va gender tenglikni taʼminlash uchun tartibga solish usullari va taktikasini ishlab chiqish yoki qayta koʻrib chiqish uchun oʻziga xos platforma vazifasini oʻtagani taʼkidlab oʻtildi.
Sammit parlamentlarning gender masalalarga javob berishga, xavf-xatarlarni oldindan koʻra bilishga, tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni samaraliroq taʼminlashga tayyorligi va bunga qodirligini sarhisob qilish imkoniyatini yaratgani ham qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 8 sentyabr kuni Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar ayol rahbarlarining 14-sammiti boshlangandi. Unda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga aʼzo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0