Belarusning ShHTga a’zo bo‘lishi ikki yilga cho‘zilishi mumkin – Nurimbetov

© Sputnik / Viktor TolochkoBelorusskiy flag
Belorusskiy flag - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Iyun oyida Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Belarus Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish jarayoni tashkilotning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitidan so‘ng ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu haqda ShHTning O‘zbekistondagi milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov ma’lum qildi.

“Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday jarayon odatda o‘rtacha ikki yil davom etadi. Chunki nomzod davlat bir qator majburiyatlarni bajarishi kerak, o‘z o‘zidan bu biroz vaqtni talab qiladi”, - deydi Nurimbetov Belarusning ShHTga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muddatlarini izohlar ekan.

Milliy koordinatorning ta’kidlashicha, iyun oyida Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasman ariza bergan.
“Aytishimiz mumkinki, (sammitda. – tahr.) Belarusni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud”, - deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari ushbu davlatni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishlari kutilmoqda.
“Biroq bu qaror Belarus avtomatik ravishda ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘ladi, degani emas”, - deya qo‘shimcha qildi Nurimbetov.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergani, uning murojaati a’zo davlatlarga allaqachon yuborilgani, tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0