Jamiyat

Toshkent xalqaro aeroportida yongʻin chiqdi

© Press-slujba FSB po Samarkandskoy oblastiPojar v MTP Akdarinskogo rayona
Pojar v MTP Akdarinskogo rayona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yongʻinga birinchi qavat tagidagi transformator podstantsiyasida joylashgan uzluksiz elektr taʼminotining qisqa tutashuvi sabab boʻlgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida kichik yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.
11 sentyabr kuni Toshkent aeroportidagi uchib ketish terminalida tutun paydo boʻlgan va yoʻlovchilar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻinga birinchi qavat tagidagi transformator podstantsiyasida joylashgan uzluksiz elektr taʼminotining qisqa tutashuvi sabab boʻlgan. Qisqa tutashuv oqibatlarini bartaraf etish hamda voqea joyida ishlayotgan xizmatlar xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida aeroport terminalini maʼlum muddatga elektr energiyasidan uzib qoʻyishga qaror qilingan.
“Yertoʻladan ertalab soat 10.30 atrofida tutun chiqa boshladi. Aeroport xodimlarining tezkorligi va shahardan kelgan oʻt oʻchirish brigadalari koʻmagida yongʻin tezda bartaraf etildi. Soat 10.40 da aeroportni vaqtincha elektr taʼminotidan uzishga toʻgʻri keldi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi. Bir qator reyslar kechiktirildi. Hozirda aeroportning tegishli xizmatlari hodisa joyida ishlamoqda va qisqa tutashuv sabablarini bartaraf etmoqda”, - deya izoh berdi “Uzbekistan Airports Handling MCHJ direktori Umid Hamrayev.
Hozir Olmaota (KS-128), Nur-Sulton (HY-721) va Moskvaga (SU-1975) uchayotgan reyslar kechiktirilgan. Terminalning katta qismida elektr energiyasi tiklangan.
Aeroportning uchib kelish zali va mahalliy aviaqatnovlar terminali odatdagi rejimda faoliyat olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0