O‘zbekiston 2023-yilda “Hamdo‘stlik bolalari” xalqaro forumiga mezbonlik qiladi

© Mejparlamentskaya Assambleya SNGNa Issik-Kule zavershil rabotu VII Mejdunarodniy kulturno-obrazovatelniy forum "Deti Sodrujestva"
Na Issik-Kule zavershil rabotu VII Mejdunarodniy kulturno-obrazovatelniy forum Deti Sodrujestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Forum MDH Parlamentlararo Assambleyasi shafeligida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilda “Hamdo‘stlik bolalari” VIII xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi xabar berdi.
Ma’lumki, loyihadan ko‘zlangan maqsad bolalar va yoshlarni yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik ruhida tarbiyalash uchun xalqaro platforma yaratishdan iborat.
Bu yil forum Qirg‘izistondagi Issiqko‘l sohilida “Umumiy tarix – bir taqdir” shiori ostida o‘tkazildi. Unda Hamdo‘stlikning yetti davlati: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya va O‘zbekiston maktab o‘quvchilari va ularning murabbiylari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, “Hamdo‘stlik bolalari” xalqaro madaniy-ma’rifiy forumi Qirg‘iziston Jogorku Keneshisi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Birinchi forum 2013-yilda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida, Issiqko‘l sohilidagi pansionatda o‘tkazilgan. 2021-yilda esa “Hamdo‘stlik bolalari” forumi ilk bor Qirg‘izistondan tashqarida – Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0