Qashqadaryoga mingga yaqin laylaklar uchib keldi

© Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qashqadaryoga mingga yaqin laylaklar uchib keldi
Qashqadaryoga mingga yaqin laylaklar uchib keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Laylaklarning tuman hududiga bunday ommaviy ravishda qo‘nib o‘tishi noodatiy hisoblanadi
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumaniga mingga yaqin laylaklar uchib keldi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, Yakkabog‘ tumaniga minglab laylaklar hordiq chiqarish uchun qo‘nib o‘tgan.
“Laylaklarning tuman hududiga bunday ommaviy ravishda qo‘nib o‘tishi noodatiy hisoblanadi. Chunki bunday holat har doim ham kuzatilmaydi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda laylaklarning mavsumiy uchish yo‘nalishidagi bu holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, laylaklar tinchlik-osoyishtalik ramzi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0