Video

Rossiya Mudofaa vazirligi Nikolayev-Krivoy Rogda yakson qilingan Ukraina texnikasini koʻrsatdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina armiyasi 6 sentyabrdan 10 sentyabrgacha Nikolayev-Krivoy Rog va Xarkov yoʻnalishlarida toʻrt mingdan ziyod askarini yoʻqotgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Nikolayev-Krivoy Rog yoʻnalishidagi hujumni qaytarish chogʻida yakson qilingan va qoʻlga kiritilgan Ukraina texnikasini koʻrsatdi.
“Dushman asosiy harakatini bu yoʻnalishga qaratdi. Raqib chegarada toʻxtatib qolindi. Desantchilar jasurlik va qahramonlik koʻrsatishdi. Qahramona ishlar bisyor. HDQ harbiylarining birortasi oʻz pozitsiyasini tashlamadi, hamma jangovar vazifalarni bajarishda davom etdi. Dushman bu yoʻnalishda istagan natijasiga erisha olmadi, koʻp odamlari, ular soni yuzlarcha, koʻp jangovar texnikalarini yoʻqotdi”, - dedi Rossiyaning desant-hujumchi polki komandiri oʻrinbosari Aleksey.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina qurolli kuchlari 6 sentyabrdan 10 sentyabrgacha Nikolayev-Krivoy Rog va Xarkov yoʻnalishlarida toʻrt mingdan ziyod askarini yoʻqotgan, yana 8 mingdan ziyod ukrain harbiylari yarador boʻlgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish boʻyicha harbiy maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0