Toshkent va Moskva o‘rtasidagi avtobuslar endi har kuni qatnaydi

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi avtobus har kuni “Toshkent” avtovokzalidan soat 18:00 da jo‘nab ketadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. 10-sentabrdan Toshkent va Moskva o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovi yangi jadvalga o‘tdi.
Tashtrans.uz xabariga ko‘ra, endi Toshkent-Moskva yo‘nalishdagi avtobus qatnovi har kuni amalga oshiriladi.
Avtobus har kuni “Toshkent” avtovokzalidan soat 18:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxlari 1 205 000 so‘mni tashkil qiladi.
Pandemiya sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi avtobus qatnovlari 18-iyuldan boshlab qayta yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar amalga oshirilmoqda: Toshkent-Moskva; Toshkent-Qozon; Toshkent-Sankt-Peterburg ; Toshkent-Omsk; Toshkent-Novosibirsk; Toshkent-Nijniy Novgorod.
Yangiliklar lentasi
0