Armaniston-Ozarbayjon chegaradagi vaziyat: Yerevan Rossiya, KXShT va BMTdan yordam so‘raydi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Respubliki Armeniya Nikol Pashinyan na plenarnom zasedanii v ramkax Vostochnogo ekonomicheskogo foruma vo Vladivostoke.
Premyer-ministr Respubliki Armeniya Nikol Pashinyan na plenarnom zasedanii v ramkax Vostochnogo ekonomicheskogo foruma vo Vladivostoke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Armaniston Xavfsizlik kengashi Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Rossiyasidan yordam so‘rashga qaror qildi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Armaniston Mudofaa vazirligi 13-sentabr kuni soat 00:05 da Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari Goris, Sotk va Jermuk shaharlari yo‘nalishida arman pozitsiyalarini artilleriya, yirik kalibrli va yengil o‘q otish qurollaridan kuchli o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Armaniston Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi. Armaniston Xavfsizlik kengashi Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish maqsadida Rossiyadan yordam so‘rashga qaror qildi.

“Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga rasman murojaat qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti va BMT Xavfsizlik Kengashiga ham Armanistonning suveren hududiga tajovuz munosabati bilan murojaat bo‘ladi”, - deyiladi Armaniston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabarida.

Pashinyan raisligidagi favqulodda yig‘ilishda Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturan va Milliy majlis raisi Alen Simonyan ishtirok etgan.
Ozarbayjon, o‘z navbatida, harbiy harakatlarni Yerevanning keng ko‘lamli provokatsiyasiga javob deb atagan. Respublika Mudofaa vazirligiga ko‘ra, kechasi Armaniston qo‘poruvchilik guruhlari Dashkesan, Kelbajar va Lochin yo‘nalishlarida Ozarbayjon harbiylari pozitsiyalari orasiga mina o‘rnatishga uringan.
Xabarda yozilishicha, bundan tashqari, Arministon harbiylari turli qurollardan, jumladan, minomot bilan Ozarbayjon armiyasining bir nechta pozitsiyasini o‘qqa tutgan. Bu odamlar qurbon bo‘lishiga va harbiy infratuzilmaning zarar ko‘rishiga olib kelgan.
“Bu xatti-harakatlarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan qismlarimiz qabul qilgan tezkor choralar natijasida jang bo‘ldi”, - deyiladi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabarida.
2020 yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Tomonlar sulh tuzishga bir necha bor urinishgan, biroq 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lgan. Moskva vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston o‘t ochishni to‘liq to‘xtatib, asirlar va o‘lganlarning jasadlarini almashishga kelishib olgan. Bundan tashqari, Yerevan Bokuga Kelbajar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini topshirgan. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0