Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Samarqandda SHHT sammiti oldidan mashgʻulotlar oʻtkazmoqda

© SputnikSamarkand, ukrashennыy flagami i simvolikoy sammita SHOS-2022
Samarkand, ukrashennыy flagami i simvolikoy sammita SHOS-2022 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan Samarqandda SHHT sammiti oldidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablariga rioya qilishni soʻramoqda.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Ayni kunlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari Samarqandda SHHT sammiti oldidan mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. Bu haqida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti maʼlum qildi.
SHHT sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadi.
“10 sentyabrdan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boʻlib oʻtishi arafasida Samarqand va uning atrofidagi xavfsizlik tuzilmalari tomonidan taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazila boshlandi”, deyiladi xabarda.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, mashgʻulotlar doirasida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan “boʻlajak sammitga tayyorgarlik koʻrish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablarini bajarish muhimligi sababli” joriy etilgan cheklovlarga tushunish bilan munosabatda boʻlishni soʻramoqda.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB axborot xizmati sammit munosabati bilan 14-17 sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish yoʻllari, shuningdek, shahar ichidagi yoʻllarning bir qismi transport harakati uchun yopilishi haqida xabar berilgandi.
SHHT - 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unda Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston ishtirok etadi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
2021 yil sentyabr oyida Dushanbeda boʻlib oʻtgan SHHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot boʻyicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi.
Joriy yilda Belarus SHHTga toʻlaqonli aʼzo sifatida aʼzo boʻlish uchun rasman ariza topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0