Rossiya

Lavrov BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Amerika vizasini oldi

© Sputnik / Press-slujba MID Mongolii / Mediabankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya tashqi ishlar vaziri va mamlakat delegatsiyasining ayrim aʼzolariga Amerika vizasi berildi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va unga hamrohlik qiluvchi bir qator shaxslarga BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun vizalar berildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Xabarda delegatsiyaning qolgan aʼzolariga vizalar berilishi va logistika masalalari hal etilishi kutilayotgani qoʻshimcha qilingan.

“Biz delegatsiyaning qolgan aʼzolariga vizalar berilishini, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar tomonidan noqonuniy sanktsiyalar cheklovlarini hisobga olgan holda, logistika masalalari tezkorlik bilan hal qilinishini kutamiz”, - deyilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Qoʻshma Shtatlar Rossiya delegatsiyasiga BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun viza bermaslik bilan “oʻz majburiyatlarini buzayotganini” aytgandi.

“AQSH oʻz majburiyatlarini buzmoqda. Ular Bosh assambleyaga keladigan har bir kishiga viza berishga majbur”, - degan u jurnalistlarga.

Shu bilan birga, Peskov Bosh assambleyaga sanoqli kunlar qolganini taʼkidlagan.

“Qoʻshma Shtatlar oʻz majburiyatlarini bajarishiga umid qilamiz”, - deya xulosa qilgandi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi 20-26 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda oʻtkaziladi. Rossiya delegatsiyasi rahbari Sergey Lavrovga sanktsiyalar tufayli AQShga kirish taqiqlangan. 3 sentyabr kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga Rossiyaning 56 delegatidan birortasi haligacha viza olmaganidan shikoyat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0