Nur-Sulton nomi yana Ostonaga o‘zgarishi kutilmoqda

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nur-Sultan
Goroda mira. Nur-Sultan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxti nomini Nur-Sultondan Ostonaga o‘zgartirishga rozilik bildirdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini o‘zgartirish taklifi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan. Bu haqida Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Tokayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qilishicha, Parlament deputatlarining bu boradagi taklifi Konstitutsiyaviy kengash ko‘rib chiqishi uchun kiritildi.
U o‘z so‘zida bir guruh deputatlar Qozog‘iston poytaxtiga avvalgi nom “Ostona”ni qaytarishni taklif qilganini eslatdi. Aytilishicha depuptalarning bu taklifi haqida perezidentga ma’lumot berilgan.
Deputatlar bunday to‘xtamga aholi bilan uchrashuvlar chog‘ida qayta-qayta bildirilgan takliflar, shuningdek, referendumda fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga tayangan holda kelishgan.
Ruslan Jeldibay shuningdek, Parlament a’zolarining taklifi davlat rahbarining roziligi bilan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilganligini qayd etdi.

"Prezident N.A.Nazarboyevning Qozog‘istonning zamonaviy davlatchiligini mustahkamlash va poytaxtning shakllanishidagi hal qiluvchi rolini tarixiy haqiqat deb biladi. Shuning uchun birinchi prezident nomi bilan atalgan boshqa obyektlar o‘z nomlarini saqlab qolishi kerak”, — deb yozadi matbuot kotibi.

Yangiliklar lentasi
0