Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

SHHTning muloqot boʻyicha hamkorlari bittaga koʻpayishi mumkin

© Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishFlagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv - chlenov SHOS
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv - chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SHHT yetakchilari Samarqanddagi sammitda Myanmaning muloqot boʻyicha hamkor maqomini olish haqidagi arizasini koʻrib chiqadi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. 15-16 sentyabr kuni Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida Myanmaning tashkilotning muloqot boʻyicha hamkori maqomi toʻgʻrisidagi soʻrovi koʻrib chiqiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining SHHT ishlari boʻyicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov maʼlum qildi.
“Davlat rahbarlari kengashining boʻlajak yigʻilishida Myanmaning SHHTning muloqot boʻyicha hamkori maqomini olish haqidagi arizasi koʻrib chiqiladi”, deydi u. Hakimovning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Uning eslatishicha, ariza oʻtgan yili berilgan. Hozircha, “Tashkilotga aʼzolikni berish haqida gap yoʻq”, - deya qoʻshimcha qilgan Hakimov.
Maʼlumot uchun, 2021 yil sentyabrda Dushanbeda SHHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtgandi. Unda Eronni tashkilotga qabul qilish hamda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot boʻyicha hamkor maqomini berish tartibi boshlangan edi.
2022 yil iyunda Belarus SHHTga toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun rasman ariza topshirdi. Samarqand sammitida tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari ushbu mamlakatni SHHTga toʻlaqonli aʼzo sifatida qabul qilish tartibini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari kutilmoqda.
SHHT — 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan. Belarusdan tashqari SHHTda Afgʻoniston, Eron va Moʻgʻuliston kuzatuvchi maqomiga ega.
Oʻzbekiston 2022 yilda SHHTda raislik qilmoqda. Mamlakat raisligida 80 dan ortiq tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
SHHT sammiti

Eslatib oʻtamiz, payshanba kuni Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit Oʻzbekistonning SHHTga raislik davrining yakuni boʻladi. Oʻtgan yil mobaynida SHHT doirasida Oʻzbekiston tomonidan 80 dan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini ragʻbatlantirish kontseptsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa yoʻnalishlarda ham qoʻshma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0