Bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘llar “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor, Navoiy va Paxtakor ko‘chalari vaktincha yopiladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“14 sentabr kuni poytaxtimizda "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha ko‘chalar yopiladi”, – deyiladi xabarda.
14 sentabr kuni yopiladigan ko‘chalar:
Chilonzor ko‘chasi – Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman yopiladi;
Alisher Navoiy shohko‘chasi – Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman yopiladi;
Paxtakor ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasi va “Paxtakor” stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.
“Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
© Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiToshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.
Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.
© Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiToshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.
Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi.
Yangiliklar lentasi
0